Kirish
So'nggi yangilanish: 19.08.2018

Qohira eng arzon, Dubay eng qimmat shahar

  • Bo'lim: DUNYO

Dunyo shaharlari ichida borish eng arzon bo’lgan shaharlar ro’yxati tuzildi. Germaniyaning Nestpic ko’chmas mulk agregati tomonidan tuzilgan reytingning birinchi o’rnini Misr poytaxti Qohira band etdi, deb xabar berdi Azon.uz.

Bu borada birinchi oydagi xarajatlar inobatga olindi: viza to’lovi, kvartira yoki uy ijarasi, aloqa uchun to’lov, ovqatlanish, yo’l haqi, internet - bularning barchasi Qohirada 560 yevroga aylanadi.

Ikkinchi o’rinda Hindistonning Bangalor shahri qayd etilgan bo’lib, u yerdagi xarajatlar 634 yevroga aylanadi. Uchinchi o’rindan Ruminiya poytaxti Buxarest 644 yevrolik ko’rsatkich bilan joy olgan.

Bu borada eng qimmatshahar Dubay bo’lib, u yerda bir oylik xarajatlar uchun 3633 yevro sarflashga to’g’ri keladi.