Kirish
So'nggi yangilanish: 20.11.2018

Nihoyat, sir ochildi: Oyga uchgan astronavtlar hech qachon u yerga yetib bormagan! (+video)

  • Bo'lim: DUNYO

AQShlik astronavt Bazz Oldrinning aytgan haqiqati butun dunyoni larzaga soldi, deya xabar berdi Hordiq.uz.

Uning ta’kidlashicha, Oyga qo’nganligini bot-bot takrorlagan bir guruh astronavtlar, aslida, u yerda umuman bo’lishmagan. Aytish joizki, 88 yoshli Bazz aynan mana shu guruh tarkibida bo’lgan. U global miqyosdagi fitna to’g’risida gapirdi. Erkakning so’zlariga qaraganda, “Apollon”ning vazifasi mistikadan boshqa narsa emas.

Uning haqiqati aks etgan videotasvir 2015 yilda suratga olingan edi. Ammo OAV endigina bu masalaga jiddiy e’tibor qaratishni boshladi.

Videoda astronavt 8 yoshli qizning savollariga javob beradi va u: “Nima uchun hozir hech kim oyga uchib bormayapti?” deya so’raganida, Bazz Oldrin bu texnik jihatdan imkonsiz ekanligini va hech kim Yerning tabiiy yo’ldoshiga uchib bormaganligini aytadi.

Bu tasvirni ko’rgan internet foydalanuvchilari Oldrin yolg’on gapirishdan charchagan, shuning uchun ham qizaloqning savoliga rostini aytib javob qaytargan deya ta’kidlashmoqda.