Kirish
So'nggi yangilanish: 24.09.2018

Bermud uchburchagida o’zga sayyoraliklar kemasi topildimi?

  • Bo'lim: DUNYO

Aeronavtika va fazoni tadqiq qilish milliy boshqarmasi (NASA) astronavti Darrel Miklos Bermud uchburchagida topilgan eski qoldiqning o’zga sayyoraliklar kemasiga tegishli ekanini da’vo qilmoqda. Bu haqda Xabar nashri ma’lum qilmoqda.

«Discovery Channel» telekanali dasturlaridan birida qatnashgan Darrel Miklosning Bermud uchburchagida topilgan qoldiq haqidagi so’zlari bahs-munozaralarga sabab bo’ldi.

Miklos topilma minglab yillar avval Yer yuziga tushgan o’zga sayyoraliklarning kemasiga tegishli ekanini aytgan. Uning tarafdorlari bo’lgan geofiziklar ham kema qoplamasi bo’lgan marjon kamida 5 ming yillik tarixga ega ekanini ma’lum qilishgan.

Miklos tadqiqotlarida NASAning afsonaviy astronavti Gordon Kuperning maxfiy xaritalaridan foydalangan. U topib olgan qoldiqning hajmi ikkita futbol maydoniga teng ekan.

Bermud uchburchagi tarixda ko’plab kemalar qabristoni bo’lgan sirli makon sifatida dunyoga mashhur.