Kirish
So'nggi yangilanish: 20.11.2018

Qator davlatlar oltin zahiralarini keskin oshirmoqda

  • Bo'lim: DUNYO

Umumjahon Oltin Kengashi (WGC) o’zining hisobotida aytishiga qaraganda, Rossiya Banki 2018 yilning 9 oyi davomida 92,2 tonna oltin sotib olgan. Bu UOK tarixida qisqa vaqt ichida amalga oshirilgan eng yirik xarid bo’lgan.

Ayni damda Rossiya oltin zahiralari 2000 tonnadan ortib, dunyodagi barcha oltin zahiralarining 17 foizini tashkil qildi.

Shuni qayd etish kerak-ki, so’nggi vaqtlarda oltin sotib olish bo’yicha nafaqat Rossiya, balkim boshqa mamlakatlar ham rekord qo’ymoqda. UOKning so’nggi hisoboti bo’yicha, 2018 yilning 3 kvartalida dunyo mamlakatlari Markaziy Banklari oxirgi 148,4 tonna oltin sotib olishdi. Bu o’tgan yilning ushbu davriga nisbatan 22 foizga ko’p.

2018 yilda eng ko’p oltin sotib olgan malakatlar qatoriga Qozog’iston, Turkiya, Polsha, Hindiston ham qo’shilgan. Vengriya bo’lsa oltin sotib olish bo’yicha mutlaq rekord o’rnatgan. Ushbu mamlakat yil davolmida o’z oltin zahiralarini 10 baravarga oshirgan - 3,1 tonnadan 31,5 tonnagacha.

Yirik xaridorlar oltin sotib olishda, albatta, juda ehtiyotkor harakat qilishadi. Hyech kim oldindan men bu yil 100 tonna oltin sotib olaman deb e'lon qilmaydi. Aks holda yirik buyurtma paydo bo’lganda taklif narxi ham keskin oshishi mumkin. Markaziy banklar sekin-sekin, kichik partiyalar bilan, doimiy ravishda sotib olishda davom etadi.

Lekin shunga qaramasdan, ushub bozori chaqqon mahsulotning narxi oshishi ham tabiiydir. Avgust oyida Bir troya unsiyasi uchun 1178 dollar bo’lgan oltin 29 oktyabrda - 1230,8 dollardan sotilishi kuzatildi.

Manba: sof.uz