Kirish
So'nggi yangilanish: 12.12.2018

Dunyodagi eng qimmat ko’chalar nomi e'lon qilindi?

  • Bo'lim: DUNYO

Dunyodagi eng qimmat ko’cha deb Gonkongdagi Kozuey-Bey topildi. Sababi bu yerda 1 kvadrat metr joyni bir yilga ijaraga olish uchun 24,6 ming yevro sarflash kerak, deb xabar bermoqda Xalq so’zi.

RBK xabariga ko’ra, so’nggi besh yil davomida mazkur maqomni Nyu-Yorkdagi Beshinchi avenyu egallab kelgan edi.

Mazkur reyting qimmat ko’chmas mulk bozorida konsalting bilan shug’ullanadigan Cushman&Wakefield kompaniyasi tomonidan tuzildi.

Beshinch avenyuda o’rtacha ijara stavkasi joriy yilda kv.metr uchun 28,262 ming yevrodan 20,733 ming. yevrogacha pasaydi.

Uchinchi o’rin Londondagi Nyu-Bond-strit (16,071 ming yevro)ga nasib etdi. O’z navbatida ushbu ko’cha Yevropadagi eng qimmat ko’cha maqomini saqlab qoldi.

Ushbu ro’yxatning birinchi o’ntaligidan yana quyidagilar o’rin olgan: Parijdagi Yelisey maydoni (13,992 ming yevro), Milandagi Via Montenapoleone (13,5 ming yevro), Tokiodagi Gindza nohiyasi (11,232 ming yevro), Sidneydagi Pitt-Strit-Moll (8882 yevro), Seuldagi Myondon ko’chasi (8364 yevro), Syurixdagi Banxofshtrasse (7872 yevro), Venadagi Kolmarkt ko’chasi (4740 yevro).