Kirish

Eng badavlat odamning rafiqasi ajrashgandan so’ng qancha boylikka egalik qiladi?

  • Bo'lim: DUNYO

Amerikaning Amazon kompaniyasi asoschisi Jeff Bezos xotini Makkenzi Bezos ajrashgandan keyin 69 milliard dollar olishi mumkin, deb yozmoqda Bloombergga asoslanib Sof.uz.

Shunday qilib, Makkenzi Bezos dunyodagi eng badavlat ayolga aylanishi mumkin. Hozirda dunyodagi eng badavlat ayollar ro’yxati birinchi pog’onasini L`Oreal kompaniyasi asoschisining nevarasi Betankur Mayers egallab kelmoqda. Uning boyligi 45,6 milliard dollarga baholanadi.

Bezoslar ajrashish haqida Twitter sahifasida ma'lum qilishdi. Ular molu-mulkni qanday bo’lishlarini aytishmagandi. Lekin huquqshinoslar fikricha, boylik teng-baravar bo’linadi.

Bloomberg Bezosning boyligini 137 milliard dollarga baholadi. Forbes jurnaliga ko’ra esa, Amazon kompaniyasi rahbari Jeff Bezosning boyligi 150 milliard dollarni tashkil qiladi.

Eslatib o’tamiz, avvalroq dunyoning eng badavlat odami ajrashayotgani haqida xabar qilingandi.