Do'kon

Nyu-yorklik ayol umrining oxirigacha haftalik 5000 dollar yutuq yutib oldi (video)

  • Bo'lim: DUNYO

Publishers Clearing House marketing kompaniyasi shartlariga ko’ra g’olibga umrining oxirigacha 5000 dollar miqdorida yutuq to’lanish sharti bilan totalizator-lotereya o’yinini o’tkazdi, deya xabar beradi “Daryo” nashri ForumDailyga tayanib. Yaqinda kompaniya g’olibning nomini e’lon qildi, ayol Nyu-Yorkdan.

“Forever” SuperPrise deb nomlangan o’yin haqida kompaniya 28-fevral kuni e’lon qildi. Xuddi shu kuni lotereya vakillari Kristal Kroufordga g’olibni tabriklashga borgan.

Qizig’i shundaki, haftasigi 5000 dollarni faqat Kristal olmaydi, lotereya shartlariga ko’ra, u vafotidan keyin ham har haftada ushbu summani oladigan kishini tanlashi kerak bo’ladi.

“Men bunday bo’lishi mumkinligini hayolimga ham keltirmagan edim” - dedi Krouford.

Uning so’zlariga ko’ra, Kristal yillar davomida ushbu lotereyani o’ynab kelmoqda, lekin buni amalga oshmas orzu deb hisoblagan.

Ayol o’zining rejalari haqida gapirib berdi: u birinchi chekni yangi tishlarga sarflaydi. Shuningdek Krouford o’g’lining kollejda ta’lim olishi uchun pul yig’ishni rejalashtirmoqda.