Do'kon

Ijtimoiy tarmoqlar insonni milliarder qilishga qodir. “Eng yosh milliarder xonim”

  • Bo'lim: DUNYO

Shou-biznes, moda, kino va san’at olamining ishqibozlari sevib mutolaa qiladigan eng mashhur jurnallardan sanalgan Forbes jurnali dunyoning eng yosh milliarder ayoli kimligini e’lon qildi, deb yozadi Daryo.

Maqolada yozilishicha, “Eng yosh milliarder xonim” sharafli nomiga Kim Kardashyanning singlisi, 21 yoshli Kayli Jenner loyiq ko’rildi. U pardoz-andoz ishlab chiqarish bilan shug’ullanadigan o’z brendiga ega va shu bilan birgalikda “Kardashyan oilasi” television reality-shousining boshlovchisidir.

Twitter’dagi sahifasida Kayli “bu sharafli nomga ega chiqishi kutilmagan holat bo’lgani, e’tirof etilish insonga yoqimli tuyg’u bag’ishlashi va bu eng ajoyib yutuq ekani”ni e’tirof etadi.

Shu bilan birga, Kayli ulkan yutuqqa erishishda ijtimoiy tarmoqlarning ham salmoqli hissasi borligini, biznesining dastlabki kunlarida uni qo’llab-quvvatlagan obunachilari soni katta bo’lganini ham ta’kidlaydi.

Eng yosh milliarder xonim ayni paytda 2016-yilda ish boshlagan Kylie Cosmetics pardoz-andoz mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shg’ullanadigan, pul aylanmasi milliard dollar bo’lgan kompaniyaga ham egalik qiladi.

Kayli yoshlik paytida milliard dollar ishlab topgan biznes vakillari qatorida yetakchilik qiladi. Taqqoslash uchun, Facebook ijtimoiy tarmog’i egasi Mark Sukerberg ilk milliardini qo’lga kiritgan paytda endigina 23 yoshni qarshilagan edi.

Kayli tajribasidan kelib chiqib, sizga eng qimmatli maslahat - ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamang, ijtimoiy tarmoqdagi vaqtingizdan unumli foydalaning. Ehtimol Forbes’ning navbatdagi yuzi bo’larsiz.