Do'kon

Oydan keyin navbat Marsga yetadimi?

  • Bo'lim: DUNYO

Xitoy kelgusi yilda Marsni tadqiq etishni rejalashtiryapti. Bu haqda Jenmin Jibao manbasi xabar berdi.

Unga ko’ra, Chin o’lkasi 2020 yilda “qizil sayyora”ga maxsus qurilma uchiradi. Ushbu vosita Marsga qo’nadi va tadqiqotlar olib boradi.

Bundan tashqari, joriy yilda “Chanʼe-5” nomli qurilma Oyga uchiriladi. U Yerning tabiiy yo’ldoshidan tuproq namunalarini olib keladi.

Onlayn nashrimizda shu yil boshidan “Chanʼe-4” Oyning ort tomoniga muvaffaqiyatli qo’ndirilgani haqida xabar bergandik. Bu insoniyat tarixidagi Hilolning bizga ko’rinmas tomoniga muvaffaqiyatli yuborilgan kosmik uskunaga aylangandi.

Manba: Xalq so’zi