Do'kon

Ukrainadagi millatchilar prezident Poroshenkoni qochib qolishga majbur etdi

  • Bo'lim: DUNYO

Ukrainadagi “Milliy korpus” muxolifatchi millatchilardan iborat tashkilot vakillari mamlakat prezidenti Pyotr Poroshenkoning Cherkassdagi chiqishi paytida tartibsizliklarni keltirib chiqardi. Millatchilar undan mudofaa sanoatiga tegishli pullarning o’g’irlanishi xususida tushuntirish berishni talab qila boshlashdi, deb xabar bermoqda Hordiq nashri.

Ular baravariga “Sahnada qolasan! Bizning savollarimizga javob berasan! Prezident bizdan qochib qutula olmaydi!” deya hayqira boshlashdi.

Poroshenko vaziyatni ko’rgach, qo’riqchilar hamrohligida qochib qolishga majbur bo’ldi. Millatchilar prezident kortejini o’rab olishga harakat qilib, fayerlarni yoqqan holda zaharli gaz sepa boshlashdi. Natijada ular va politsiyachilar o’rtasida jiddiy to’qnashuvlar yuzaga keldi. To’qnashuvlar chog’ida 10 nafar politsiyachi, jumladan, viloyat politsiya boshqarmasi rahbari Valeriy Lyutiy jiddiy jarohat oldi.

Eslatib o’tamiz, shu yil 2 mart kuni millatchilar Kiyevdagi markaziy maydonda marsh tashkil etib, Poroshenkoning qamoqqa olinishini talab qilishgandi.