Kirish

Qanday hollarda talabani oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirish mumkin?

Oliy ta’lim muassasasida tahsil olayotgan talabani qanday hollarda o’qishdan chetlashtirish mumkinligi to’g’risida O’zbekiston Adliya vazirligining Telegramdagi "Huququy axborot" kanalida ma’lumot berildi.

Talaba oliy ta'lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin:

- o’z xohishiga binoan;

- o’qishning boshqa ta'lim muassasasiga ko’chirilishi munosabati bilan;

- salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma'lumotnomasi asosida);

- o’quv intizomini va oliy ta'lim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun;

- bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;

- o’qish uchun belgilangan to’lov o’z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to’lov-kontrakt bo’yicha tahsil olayotganlar uchun);

- talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;

- vafot etganligi sababli.

Belgilangan muddatlarda fanlarni o’zlashtira olmagan (akademik qarzdor bo’lgan) talaba oliy ta'lim muassasasi rektori buyrug’i bilan kursdan qoldiriladi.

Akademik qarzdorligi tufayli kursdan qoldirilgan talaba to’lov-kontrakt asosida o’qishini quyi kursdagi o’quv semestri boshidan boshlashi mumkin.