Kirish

O’zbekistondagi eng kam oylik ish haqi miqdori oshdi

Hukumat qarori bilan Mehnatga haq to’lash yagona tarif setkasiga o’zgartirish kiritildi. Bu haqda Huquqiy-axborot kanali xabar bermoqda.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan kiritilgan o’zgartish va qo’shimchalarga muvofiq, mehnatga haq to’lashning 1-, 2- hamda 3-razryadlari koeffitsientlari 2,476, 2,725, 2,998 dan tegishlicha 2,847, 2,997, 3,148 ga oshirildi.

Kiritilgan qo’shimchalar shuni anglatadiki, xodimlarga to’lanadigan ish haqining eng kam miqdori 501 ming 959 so’mdan 577 ming 172 so’mga oshirildi.

Endilikda, O’zbekistonda 577 ming 172 so’mdan kam oylik ish haqi to’lanishi mumkin emas.