Do'kon

Oliy ta’lim muassasalari abiturientlardan 263,5 milliard daromad qilishi mumkin

15 fevral kuni regulation.gov.uz saytida “Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaror loyihasi joylashtirilgan edi. Vujudga kelayotgan haqli e’tirozlar va tushunmovchiliklarga barham berish maqsadida ayni vaqtda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida matbuot anjumani bo’lib o’tayotganligi xabar berilgandi.

Taklif qilinayotgan loyihaga asosan davlat o’qishga kirish uchun ikkinchi, umuman, qayta hujjat topshirayotgan abiturientlardan 263,5 milliard so’mgacha daromad qilishi mumkin. Bu bugungi kurs bo’yicha 31 million AQSh dollarini tashkil qiladi. Mazkur mablag’lar qanday maqsadlarda foydalaniladi. Ularning sarflanishi ustidan shaffof tizim qanday ishlaydi? Harajatlar haqidagi ma’lumotlar keng jamoatchilikka e’lon qilinadimi? Matubot anjumanida mutaxassislar jurnalistlarning shu kabi qaltis savollariga javob berishga harakat qildi.

Ularning ta’kidlashicha, agar tartib joriy qilinsa abiturientlardan tushadigan mablag’ bu kabi yirik hisob-kitoblarga olib kelmaydi. Avvalo birovlarning o’rnidan imtihon topshiradigan, sinovlarga shunchaki qatnashadigan abiturientlarning kamayishi kuzatiladi. Bundan tashqari avval ham sarflangan mablag’lar smetasi Davlat test markazining rasmiy saytida e’lon qilib borilgan. Yangi tartib bo’yicha ham shunday qilinadi. Yaxshi o’qimagan talabalarni 10 foizini o’qishdan chetlashtirishsa rektor ishdan ketadi.

Manba: Azon.uz