Kirish
So'nggi yangilanish: 16.06.2018

OAV: ismlarni qisqartirib aytish zamonaviylik belgisi emas

  • Bo'lim: JAMIYAT

“Oila davrasida” gazetasining navbatdagi sonida chop etilgan maqolada Toshkentda va O'zbekistonning boshqa hududlarida urf bo'layotgan ismlarni qisqartirib aytish odati tanqid ostiga olindi.

“Balki ular (yoshlar) juda bandligidan ismni to'liq aytib murojaat qilishga vaqtlari etmayotgandir, – deydi maqola muallifi. – Bir hisobdan Dilfuzani Dipu, Muxtasarni Meti, Durdonani Durka, Sevarani Sevash, Sherzodni Sherka deyish osonroq, albatta. Bu hatto ism egalariga ham yoqishi mumkindir...”.

Jurnalist o'z hayotida uchragan misol keltirdi: “Mahallamizda Sancho ismli yigit yashaydi. Esimni taniganimdan beri hamma uni shunday chaqiradi, hatto ota-onasi ham. Bir kuni... u yigitning ismi Sanjar ekanini bildim”.

“To'liq ism zamonaviy bo'lishga xalaqit bermaydi. Yarim yildan so'ng unutilib, keyin boshqasi urf bo'ladigan seriallardagi qahramonlarning ismini insonning butun bir umriga ko'chirish shart emas, nazarimda. Inson dunyoga kelganida qo'yilgan ismni o'z holicha saqlash o'zligini saqlash bilan barobardir”, – xulosa qildi muallif.

Manba: kun.uz