Kirish
So'nggi yangilanish: 20.10.2018

Shavkat Mirziyoyev Xitoydan O'zbekistonga temir yo'l qurilishi zarurati haqida gapirdi

O’zbekiston ShHT mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirishni istaydi. Bu haqda O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashkilotning Ostonada bo’lib o’tgan sammitidagi chiqishida gapirdi.

Prezident O’zbekiston Xitoyning «Bir mintaqa, bir yo’l» tashabbusi doirasida katta loyihalar amalga oshirilishiga muhim ahamiyat qaratishini ta`kidlab o’tgan.

Shavkat Mirziyoyevning fikricha, ShHTning birinchi galdagi maqsadi mintaqaning ulkan salohiyatidan foydalanish bo’lishi kerak. Prezident shu maqsadda transport-kommunikatsiya loyihalari amalga oshirilishiga alohida e`tibor qaratish kerakligini ta`kidladi.

«Xitoy–Qirg’iziston–O’zbekiston temir yo’li qurilishining tezroq boshlanishi eng qisqa vaqtda mamlakatlarimiz jahon bozoriga chiqishini ta`minlashi mumkin», — degan O’zbekiston rahbari.

U shuningdek mintaqa tranzit salohiyatini samarali rivojantirish bo’yicha takliflarni muvofiqlashtirish uchun ShHT mamlakatlari temir yo’l ma`muriyatlari rahbarlarining doimiy uchrashuvlari mexanizmini yo’lga qo’yishni taklif qilgan.

XXRning O’zbekistondagi elchisi Sun Litszening so’zlariga, Shavkat Mirziyoyev va XXR raisi Si Jinping ushbu temir yo’l qurilishini tezroq boshlash bo’yicha kelishib olgan.

Ikki davlat rahbari temir yo’l qurilishi loyihasini O’zbekiston prezidentining may oyida Pekinga qilgan tashrifi davomida muhokama qilgandi.

Shavkat Mirziyoyev ShHT doirasida fan va texnika sohasida, shuningdek, turizm sohasida hamkorlik bo’yicha takliflar bergan.

Manba: kun.uz