Kirish
So'nggi yangilanish: 20.11.2018

O’zbekistonda 2017-yilda erkin valyuta konvertatsiyaning ochilishi kutilmoqda

O’zbekiston Oliy Majlisi Senatining 10-yalpi majlisi yakunlari yuzasidan bo’lib o’tgan matbuot anjumanida “Taraqqiyot strategiyasi markazi” ijrochi direktori Akmal Burxonov tomonidan pul-kredit tizimini erkinlashtirish bo’yicha loyiha ustida ish olib borilayotgani ma’lum qildi.

Valyutaning erkin konvertatsiyasi ochilishi yuzasidan savolga javob bergan Akmal Burxonov Harakatlar strategiyasida pul-kredit sohasini erkinlashtirish nazarda tutilganini ta’kidlagan holda, bu borada tegishli mutasaddi idoralar tomonidan ish olib borilayotganini aytib o’tdi.

Uning qayd etishicha, bugungi kunda pul-kredit tizimini erkinlashtirish va valyutaning erkin konvertatsiyasi bo’yicha loyiha ishlab chiqilgan va manfaatdor idoralar tomonidan ko’rib chiqilmoqda. Loyiha joriy yilda amalga tatbiq etilishi kutilmoqda.

Manba: daryo.uz