Kirish
So'nggi yangilanish: 19.10.2018

Rossiyalik sayyohlar orasida eng mashhur yo'nalish - O'zbekiston

"Tut.ru" sayohatlar servisi Rossiyada Xalqlar birdamligi kuniga (4 noyabr) rasmiylashtirilgan barcha aviachiptalarni tahlil qildi va eng mashhur yo'nalishlar reytingini tuzdi.

Joriy yilda yo'lovchilarning xorijiy yo'nalishlar bo'yicha  tanlovi O'zbekiston, Isroil, Germaniya, Moldova va Armanistonga tushmoqda. Ta`kidlash joizki, bu yil O'zbekiston va Armanistonga bo'lgan qiziqish oshgan: Tut.ru'da bu ikki yo'nalish bo'yicha rasmiylashtirilgan chiptalar ulushi o'tgan yilga nisbatan kamida uch barobarga oshgan. Moldovaga rasmiylashtirilgan chiptalar ulushi deyarli ikki barobarga oshdi.

O'tgan yili noyabr oyidagi bayramlar uchun eng mashhur mamlakatlar beshligi boshqacha ko'rinish olgandi: Isroil, Chexiya, Germaniya, Italiya va Qozog'iston. Bu yili top-5'da Yevropa mamlakatlaridan faqat Germaniyagina qolgan.

Manba: kun.uz