Kirish
So'nggi yangilanish: 17.11.2018

O’zbekistonda 1 dekabrdan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshadi

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yil 20 noyabr kuni ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to’g’risidagi farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq, 2017 yilning 1 dekabridan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori o’rta hisobda 15 foizga oshiriladi.

Farmonga ko’ra, 2017 yilning 1 dekabridan O’zbekiston hududida eng kam:

ish haqi - oyiga 172 240 so’m;

yoshga doir pensiyalar - oyiga 336 880 so’m;

bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa - oyiga 336 880 so’m;

zarur ish stajiga ega bo’lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 206 720 so’m miqdorida belgilanadi.

Manba: Xalq so’zi