Kirish
So'nggi yangilanish: 20.11.2018

Moliya vaziri: 2018 yilda oyliklar pulning qadrsizlanishiga qarab ko’tariladi

2018 yilda oyliklar pulning qadrsizlanishiga qarab ko’tariladi. Bu haqda O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari, Moliya vaziri Jamshid Qo’chqorov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o’n uchinchi yalpi majlisidagi ma'ruzasida aytib o’tgan deb xabar beradi Sof.uz.

Kelgusi yilda byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar, pensiya va nafaqalar miqdori inflyasiya darajasidan past bo’lmagan sur'atlarda oshiriladi. Buning uchun Davlat byudjeti va Pensiya jamg’armasi loyihalaridan qariyb 2 trillion so’m qo’shimcha mablag’ ajratish rejalashtirilmoqda.

2018 yilda Davlat byudjetidan ijtimoiy soha uchun 34,7 trillion so’m ajratilishi ko’zda tutilgan. O’zbekiston byudjetning jami xarajatlari 62,2 trillion so’mni tashkil etadi.