Kirish

Davlat soliq qo’mitasi ogohlantiradi: Tomorqaga ekin ekmaydigan o’zbekistonliklar soliqni ko’proq to’laydi

2018 yilda jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlarini hisoblash tartibiga qator o’zgartirishlar kiritildi, deb xabar qildi O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi matbuot-xizmati.

Xususan, qo’mita xonadonlarga solinadigan soliq hajmi qanday holatlarda ortishi haqida aytib o’tgan.

"Muhim yangiliklardan biri, tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanmayotgan jismoniy shaxslar aniqlangan taqdirda, ulardan ushbu yer uchastkalari uchun yer solig’i 3 barobar miqdoridagi stavkada undiriladi", - deyiladi xabarda deb ma’lum qiladi sof.uz.

Ma'lum qilinishicha, buning uchun mahalla faollari xonadonma-xonadon yurilib, tomorqa yer uchastkasiga ega bo’lgan xonadonlar o’rganiladi hamda ekin ekilmagan holat bo’yicha har bir yer uchastkasi egasiga soliqni 3 barobar stavkada to’lash lozimligi tushuntiriladi va yozma to’lov-xabarnoma beriladi.