Kirish
So'nggi yangilanish: 21.05.2018

O’zbekistonda naqd xorijiy valyuta sotib olish mumkin bo’ladi

O’zbekiston Respublikasi Normativ-huquqiy hujjatlar portalida muhokamaga qo’yilgan “Bank xizmatlarida qulayliklar yaratish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qonun hujjati loyihasiga ko’ra, 2018 yilning 1 aprelidan boshlab bu jarayon amalga oshishni boshlaydi. Bu haqda sof.uz  xabar berdi.

Qonun loyihasiga ko’ra, joriy yilning 1 aprelidan boshlab jismoniy shaxslar tijorat banklari tomonidan belgilangan limitlar doirasida, jismoniy shaxslar tomonidan xalqaro to’lov kartochkalariga xarid qilingan naqd xorijiy valyutani yechib olishlari mumkin bo’ladi.

Bundan tashqari, shu muddatgacha chet el valyutasining oldi-sotdisi bo’yicha amaliyotlarni bajarish va xalqaro to’lov kartochkalaridan mablag’larni xorijiy va milliy valyutadagi muddatli depozitlarga o’tkazishni ta'minlaydigan, jismoniy shaxslar hisoblarini masofadan boshqarish tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.