Kirish
So'nggi yangilanish: 17.07.2018

Turkmaniston prezidenti O’zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bugun O’zbekistonga tashrif buyurdi. Turkmanboshining O’zbekistonga tashrifi "O’zbekiston 24" telekanali orqali to’g’ridan to’g’ri efirga uzatildi.

"O’zbekiston 24" xabariga ko’ra, tashrif dasturida davlat rahbarlarining Toshkent shahridagi Ashxobod parkining ochilish marosimida ishtirok etishi ko’zda tutilgan deb xabar beradi Sof.uz.

Tashrif doirasida O’zbekiston va Turkmaniston yetakchi iqtisodiy tuzilmalarining biznes-forumi bo’lib o’tadi.

Muzokaralar yakuni bo’yicha davlat rahbarlarining Qo’shma bayonoti qabul qilinishi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, ta'lim va sport sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan salmoqli hujjatlar to’plami imzolanishi kutilmoqda.