Kirish
So'nggi yangilanish: 18.08.2018

O’zbekiston va AQSh o’rtasida 4,8 milliard dollarlik shartnomalar imzolandi

Vashingtondagi «Bleyr xaus» qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQShga rasmiy tashrifi doirasida hujjatlarni imzolash marosimi bo’ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmatiga asoslanib Zamin.uz xabar bermoqda.

Ikki mamlakat vazirlik va kompaniyalari o’rtasida savdo, energetika, moliya, qishloq xo’jaligi, fan-ta’lim sohalariga doir qator hujjatlar imzolandi.

O’zbekiston delegatsiyasining Amerika Qo’shma Shtatlariga rasmiy tashrifi munosabati bilan «Villard interkontinental» mehmonxonasida bo’lib o’tgan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev ikki mamlakat kompaniyalari o’rtasida qariyb 4,8 milliard dollarlik yangi shartnomalar imzolanganini aytib o’tdi.