Kirish
So'nggi yangilanish: 18.08.2018

O’zbekistonda dollarning rasmiy kursi qulashda davom etmoqda

O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so’mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko’ra, 2018 yil 29 maydan boshlab AQSh dollarining so’mga nisbatan kursi 15,70 so’mga tushib, 1 AQSh dollari 7982,25 so’mni tashkil etdi.

Yevro kursi 97,47 so’mga pasayib 1 yevro 9299,32 so’mga teng bo’lgan.

Rubl 0,80 so’mga kamayib 1 rubl 127,57 so’mga tenglashgan.