Kirish
So'nggi yangilanish: 17.07.2018

Toshkent metrosida Wi-Fi xizmati ishga tushirildi

Toshkent metropolitenining “Paxtakor” va “Alisher Navoiy” stansiyalarida Wi-Fi xizmati sinov tariqasida ishga tushirildi.

Xabarda yozilishicha, hozircha internet tashqi saytlarga ulana olmaydi. Yo’lovchilar simsiz tarmoq orqali faqat metropoliten resurslari bilan tanishishlari mumkin. Ular o’z ichiga kitoblar, musiqalar va foydali axborotlarni qamrab olgan.

Kelgusida OAV manbalaridan foydalanish imkoniyati ham yaratiladi. O’zbekistonni diqqatga sazovor joylari haqida ma’lumot beruvchi elektron gidlar joriy etiladi. Sinov rejimi Mustaqillik kuni nihoyasiga yetadi. Yana bir yangilik: yerosti yo’lida uyali aloqa tizimi ham paydo bo’lishi mumkin.

Manba: Xalq so’zi