Kirish
So'nggi yangilanish: 20.11.2018

O’zbekiston xalqi 2019 yildan yagona 12 foizlik soliq tizimiga o’tadi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning farmoniga asosan 2019 yil 1 yanvaridan yagona 12 foizlik soliq tizimi ishga tushadi.

Jismoniy shaxslar daromadiga qarab yil bo’yi faqat 12 foiz miqdorida soliq to’laydi. Uning 0,1 foizi individual pensiya jamg’armasi hisobiga o’tkaziladi. Lekin alohida shaxslarga nisbatan belgilangan eng kam ish haqining 4 barobari miqdoridagi soliq imtiyozlari saqlanib qoladi, deb yozmoqda Zamin.uz.

Eslatib o’tamiz, bunga qadar jismoniy shaxslar daromadidan yil davomida o’sib boruvchi soliq tizimi bo’yicha soliqlar ushlab qolinardi.