Kirish
So'nggi yangilanish: 12.12.2018

Endi maxsus dastur orqali valyutani onlayn ayirboshlash mumkin bo’ladi

Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to’g’risidagi nizom Adliya vazirligi tomonidan davlat ro’yxatdan o’tkazildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Xalq so’zi.

Nizom bilan rezident jismoniy shaxslarga tijorat bankining maxsus dasturidan foydalangan holda chet el valyutasini sotib olish, sotish va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati berilmoqda.

Bunda rezident jismoniy shaxslar maxsus dasturni kompyuter qurilmasiga (shu jumladan, planshet, mobil telefon va boshqa qurilmalar) yuklab oladi hamda undan foydalanadi.

Tijorat bankining maxsus dasturdan foydalangan holda valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirishlari uchun jismoniy shaxs nomiga bank kartasi va xalqaro to’lov kartasi ochilgan bo’lishi lozim.