Kirish
So'nggi yangilanish: 20.10.2018

15 sentyabrdan boshlab “buxanka” non erkin bozor narxi bo’yicha sotiladi

Mamlakatimiz aholisini va iqtisodiyot tarmoqlarini raqobat va bozor mexanizmlarini joriy etish asosida don, un va non bilan ishonchli ta'minlash chora-tadbirlari to’g’risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq 2018 yil 15 sentyabrdan boshlab bir kilogramm 1-nav bug’doy unining ulgurji narxi 1 400 so’m etib belgilandi. Qolipli (“buxanka”) non erkin bozor narxi bo’yicha (hozirda narx davlat tomonidan tartibga solingan) sotiladigan bo’ldi.

Bunda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga 2018 yil 1 oktyabrdan boshlab un va qolipli non olish bo’yicha qo’shimcha xarajatlarni qoplash uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi (18 400 so’m) miqdorda kompensatsiya to’lovi to’lab beriladi.