Kirish
So'nggi yangilanish: 20.11.2018

O’zbekistonda 1 noyabrdan eng kam oylik ish haqi miqdori oshiriladi

2018 yilning 1 noyabridan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqat miqdori o’rtacha 10 foizga oshiriladi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 oktyabr kuni eng kam oylik ish haqi, shu jumladan, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdorini oshirish to’g’risidagi farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq, 1 noyabrdan boshlab O’zbekiston Respublikasi hududida eng kam:

ish haqi - oyiga 202 730 so’m;

yoshga doir pensiyalar - oyiga 396 500 so’m;

bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa - oyiga 396 500 so’m;

zarur ish stajiga ega bo’lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 243 300 so’m miqdorida belgilandi.

Ish haqi hamda pensiyalarga qo’shilgan ustama va qo’shimcha haqlarning barcha turlari, eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan kompensatsiya va boshqa to’lovlar 2018 yilning 1 noyabridan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Eslatib o’tamiz, bunga qadar eng kam ish haqi 2018 yil 15 iyulda o’rtacha 7 foizga oshirilgan edi.