Kirish
So'nggi yangilanish: 20.11.2018

O’zbekistonda inflyatsiya darajasi oktyabr oyida 1,3 foizga oshdi

Joriy yilning oktyabr oyida mamlakatning iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxi o’rtacha 1,3 %ga ko’tarildi. Umumiy hisobda 10 oy davomida iste’mol sektorida inflyatsiya darajasi 9,5 %ni tashkil etdi, deya xabar bermoqda Davlat statistika qo’mitasi.

Yilning har bir oyidagi iste’mol narxlari o’zgarishi tahliliga ko’ra, iqtisodiyotga sezilarli darajadagi inflyatsion bosim joriy yilning I-choragi (uch oy mobaynida inflyatsiya 4,9 %ga oshgan) va sentyabr-oktyabr oylari (oyiga mos ravishda 1,8 % va 1,3 %) davomida kuzatilgan.

Oy davomidagi umumiy narxlar darajasining o’sishiga tovarlar 1,5 %, xizmatlar esa 0,5 %ga ta’sir etgan.

Ta’kidlab o’tish lozimki, 2017 yilning oxiriga nisbatan tovarlar narxi o’rtacha 9,1 %ga oshib, xizmatlar esa 10,7 %ga qimmatlashgan.

Yillik inflyatsiya darajasi tahlili natijalariga ko’ra (2018 yilning oktyabr oyi, o’tgan yilning mos oyiga nisbatan), joriy yilning birinchi sakkiz oyi davomidagi inflyatsiya darajasida bosqichma-bosqich pasayish tegdentsiyasi kuzatilgan. Sentyabr oyidan e’tiboran yillik inflyatsiya darajasi yana o’sish tomon siljiy boshladi va oktyabr oyi 2017 yilning oktyabr oyiga nisbatan 16,3 %ni tashkil qildi.