Kirish
So'nggi yangilanish: 20.11.2018

Soliq to’lovchilar uchun 1 yanvaridan qanday yengilliklar yaratiladi?

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 30 oktyabr kuni joriy yilda davlat byudjetining kutilayotgan ijrosi, 2019 yilga mo’ljallangan makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, byudjet-soliq siyosatining asosiy yo’nalishlari muhokamasiga bag’ishlangan yig’ilish o’tkazdi, deb xabar berdi Asr.uz.

Yig’ilishda kelgusi yili byudjet daromadlari izchil oshishi, soliq tizimida joriy etiladigan tarixiy o’zgarishlar natijasida aholi va biznesga katta yengilliklar yaratilishi ta'kidlandi.

Xususan, 2019 yil 1 yanvardan:

tushumdan olinadigan majburiy ajratmalarni to’liq bekor qilinadi. Buning natijasida korxonalarda qo’shimcha 5,2 trillion so’m daromad qoladi.

jismoniy shaxslar uchun daromad solig’ining eng yuqori stavkasi 22 foizdan 12 foizgacha, yagona ijtimoiy to’lovi 25 foizdan 15 foizgacha tushirilishi, fuqarolarning 8 foizlik sug’urta badali bekor qilinadi. Buning natijasida aholi daromadlari 6,5 foizga oshadi.

yuridik shaxslar mol-mulk solig’i 5 foizdan 2 foizgacha, foyda solig’i 14 dan 12 foizgacha, kichik biznes sub'ektlari yagona solig’i 5 foizdan 4 foizgacha kamaytirilishi natijasida tadbirkorlar ixtiyorida 2 trillion so’m qo’shimcha mablag’ qoladi. Umuman olganda, mavjud 19 ta soliq va majburiy to’lovlar turi 15 tagacha kamaytiriladi.