Kirish
So'nggi yangilanish: 20.11.2018

O’zbekistonda dollarning yangi rasmiy kursi belgilandi

O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 6noyabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo’yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to’lovlari uchun xorijiy valyutalarning so’mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga ko’ra, 2018 yil noyabrdan boshlab AQSh dollarining so’mga nisbatan kursi 13,10 so’mga o’sib, 1 AQSh dollari 8249,97 so’mni tashkil etdi.

Yevro kursi 1,73 so’mga oshib 1 yevro 9392,59 so’mga teng bo’lgan.

Rubl 0,52 so’mga tushib 1 rubl 124,67 so’mga tenglashgan.