Kirish
So'nggi yangilanish: 12.12.2018

Turkiya O’zbekiston fuqarolari uchun 90 kunlik vizasiz tartib joriy etdi

11 noyabr kuni Turkiya prezidenti Toyyib Erdo’g’on bir necha musulmon davlatlari uchun Turkiyada vizasiz qolish muddatini uzaytiruvchi qarorga imzo chekdi, deb xabar berdi Asr.uz.

Yangi tartibga ko’ra O’zbekiston fuqarolari Turkiyada 6 oy ichida 90 kun vizasiz qolishlari mumkin. Avvalgi tartibga ko’ra ushbu muddat 6 oy ichida 30 kunni tashkil etardi.

Yangi viza tartibi Qozog’iston va Tojikiston fuqarolari uchun hamda Liviyaning 12 yoshdan kichik va 65 yoshdan katta fuqarolari uchun ham amal qiladi.

Eslatib o’tamiz, 2017 yilda O’zbekistonda ham Turkiya fuqarolari uchun kirish vizasi bekor qilingan edi. Bugungi kunda turkiyaliklar O’zbekistonda bir oygacha vizasiz bo’lishlari mumkin.