Kirish
So'nggi yangilanish: 12.12.2018

Prezident farmoni: Yangi yilda O’zbekistonliklar ketma-ket besh kun dam oladi

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 12 noyabr kuni 2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo’shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko’chirish to’g’risidagi farmonni imzoladi.

12 noyabrdagi Prezident farmoniga binoan, haftasiga 5 kun ishlovchi xodimlarga yangi yil bayrami arafasida quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi:

30 dekabr - yakshanba;

31 dekabr - dushanba (ko’chirilgan dam olish kuni);

1 yanvar - seshanba (Yangi yil bayrami);

2 yanvar - chorshanba (qo’shimcha dam olish kuni);

3 yanvar - payshanba (ko’chirilgan dam olish kuni).

Izoh: 5 yanvar - shanba kuni haftasiga 5 kun ishlovchilar uchun rasman ish kuni bo’ladi.Haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi:

30 dekabr - yakshanba;

1 yanvar - seshanba (yangi yil bayrami);

2 yanvar - chorshanba (qo’shimcha dam olish kuni).

ESLATMA: 31 dekabr - dushanba kuni 6 kun ishlovchi xodimlar uchun ish kuni hisoblanadi.

Manba: asr.uz