Kirish
So'nggi yangilanish: 12.12.2018

Dollar kursi 8300ga yaqinlashib kelmoqda, keyingi haftada yana 6 so’mga oshadi

O’zbekistonda dollarning rasmiy kursi keyingi dushanbadan 8277,5 so’mni tashkil etishi kutilmoqda. O’tgan haftaga nisbatan kurs 6 so’mga oshadi. Bu haqda valyuta birjasidagi haftalik savdo yakunlari dalolat beradi.

Joriy hafta davomida valyuta birjasida dollar kursi 11 so’mga oshdi. Dollar savdosining umumiy hajmi esa $400 millionni tashkil qildi.

Oxirgi 3 oyda dollarning rasmiy kursi qariyb 500 so’mga oshgan. 7 avgustda AQSh dollari kursining joriy yildagi eng past kursi - 7783 so’mda o’rnatilgan edi. Markaziy bankning xabar berishicha, dollar kursi O’zbekistonda asosan tashqi omillar sababli oshmoqda. Xususan, O’zbekistonning asosiy savdo hamkorlari bo’lgan Xitoy, Rossiya, Qozog’iston va Turkiyada dollar kursi yil davomida ancha oshgan.

Dollarning rasmiy kursi uning birja kursidan farq qiladi. Rasmiy kurs Markaziy bank tomonidan haftasiga bir marta e'lon qilinadi. Birja kursi esa kun yakunida birja savdosidagi talab va taklifga asoslanib aniqlanadi.

Manba: Turon24