Kirish
So'nggi yangilanish: 12.12.2018

O’zbekiston oltin-valyuta zaxiralari qanchaga ko’paydi?

Markaziy bank 2018 yil 1 noyabr holatiga O’zbekiston oltin-valyuta zaxiralari haqidagi ma'lumotni e'lon qildi. Bu haqda Asr.uz xabar berdi.

Unga ko’ra, 2018 yil 1 noyabr holatiga Yalpi oltin valyuta zaxiralari - 26 494,1 million AQSh dollari (2018 yil 1 oktyabr holatiga 26 407,3 million AQSh dollari, o’tgan oyga nisbatan 86,8 million AQSh dollariga ko’paydi), shundan xalqaro valyutadagi aktivlar - 11 846,1 million AQSh dollari, monetar oltin - 14 648,0 million AQSh dollari tashkil qildi.

Sof oltin-valyuta zaxiralari - 25 716,4 million AQSh dollarini tashkil etdi (2018 yil 1 oktyabr holatiga 25 494,5 million AQSh dollari).

Eslatib o’tamiz, Markaziy bank tomonidan oltin-valyuta zaxiralarini samarali boshqarish maqsadida zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritiladi.

Sof oltin-valyuta zaxiralari tijorat banklari va davlat boshqaruvi organlarining Markaziy bankda ochilgan hisobvaraqlaridagi valyuta mablag’larini, ya'ni Markaziy bankning ushbu tashkilotlar oldidagi majburiyatlarini hisobga olmaydi.