Do'kon

O’zbekistonda dollar kursining o’sishi to’xtadi

AQSh dollarining rasmiy kursi 125 kunda birinchi bor o’sishdan to’xtab, 2,2 so’mga pasaymoqda. Prognozga ko’ra, dushanbadan dollar kursi 8312,6 so’mga teng bo’ladi. Bu haqda valyuta birjasida savdo yakunlari dalolat beradi, deb xabar bermoqda Turon24.

Markaziy bank sentyabrda dollar kursining oshib ketishi sababini tushuntirgan edi. Unga ko’ra, O’zbekistonda AQSh dollari kursining oshishi mamlakatning eng yirik savdo hamkorlari - Rossiya, Qozog’iston, Xitoy va Turkiyada ro’y berayotgan devalvatsiyaning oqibatida ro’y berdi.

Hozirgi paytda aksariyat tijorat banklari aholidan dollarni 8290 so’mdan sotib olmoqda. Qishloq qurilish banki, Ipak yo’li banki va “Turonbank” yaxshiroq kurs taklif etgan: 1 dollar narxi - 8300 so’m. Eng yuqori kursda esa Universal bank sotib olmoqda - 8310 so’m.