Do'kon

“El-yurt umidi” fondi 2019 yil 600 ta stipendiya ajratadi

20 dekabrda Milliy matbuot markazida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” fondi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida fond direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Adham Bekmurodov 2019 yil uchun 600 ta stipendiya ajratilganini aytdi. Bu haqda Turon24 xabar berdi.

Shundan, doktarantura uchun 60 ta, magistratura uchun 75 ta, malaka oshirishga 405 ta va qolganlari esa stajirovka uchun ajritiladi.

2018 yilda 500 ga yaqin stipendiat fondning xorijiy ta'lim dasturlari bo’yicha ta'lim olmoqda. Ulardan 29 tasi magistratura va 16 tasi doktarantura yo’nalishlarida xorij universitetlarida ta'lim olayotgan bo’lsa, 260 tasi malaka oshirish va 27 tasi stajirovka dasturlarida ishtirok etgan.

Fond xorijning 26 mamlakatidagi 74 ta oliy ta'lim va ilmiy muassasalari bilan hamkorlik qilmoqda.

Stipendiyani qo’lga kiritgan nomzodlar "The Times Higher Education va QS World University" xalqaro reyting agentliklari tomonidan tan olingan jahonning eng yaxshi 500 ta universiteti yoki tanlangan fan yo’nalishi bo’yicha eng yaxshi 200 talikka kirgan universitetlarga o’qishga hujjat topshirishi mumkin.