Do'kon

UZCARD plastik kartochkalarini naqd pul orqali to’ldirish imkoniyati yaratildi

Endi Uzcard karta egalarida o’z plastik kartalarining hisobini pul mablag’i bilan to’ldirish uchun unga xizmat ko’rsatayotgan bankga borish ehtiyoji qolmadi, deya xabar bermoqda Yagona umumrespublika protsessing markazi xabariga asoslanib Xalq so’zi.

Tashkilot ayni vaqtda cash-in funksiyalarini qo’llab-quvvatlovchi yangi bankomatlarni taqdim etgan bo’lib, NCR SelfServ 6632 rusumidagi yangi bankomatlar orqali Uzcard kartani mustaqil ravishda naqd pul mablag’i bilan to’ldirish imkoni yaratilgan.

Bunga qadar bankomatlar cash-out funksiyasi orqali faqat naqd pulni yechib olishi mumkin edi. Endilikda mazkur bankomatlarga naqd pul tashlash orqali plastik karta hisobini to’ldirish mumkin bo’ladi.

Hozirgi vaqtda bunday funksiyadagi Agrobank, Xalq banki, Ravnaq-bank, KDB, Hi-Tech bank bankomatlari xizmat ko’rsatmoqda.