Do'kon

O’zbekistonda telegramdagi savdo-kanallar soliqqa tortiladi

Davlat soliq qo’mitasi raisining birinchi o’rinbosari Mubin Mirzaev yaqinda o’tkazilgan uchrashuvda Internet, jumladan Telegram-kanallar orqali savdo qiluvchi jismoniy shaxslar haqidagi savolga javob berar ekan, shunday dedi:

Biz xoh internet, xoh elektron savdo bo’lmasin, ularni soliqqa tortish choralarini ko’rmoqdamiz.

Dasturchilarimiz barchasini aniqlash ustida ishlayapti, biz qanday va qaysi stavkada soliqqa tortishni ko’rib chiqyapmiz.

Bular qatorida Yandeks.Taksi masalasi ham bor .

Nima ham derdik, Olx.uz, Facebook, Instagram va Telegram barchasini kuzatish va aniqlagan holda soliqqa tortish juda mushkul. Ammo, soliq va bojlarni to’laydigan savdogarlarga ko’ra, juda to’g’ri ish.

Manba: 7news.uz