Kirish

Propiskasi yo’qlarni ishga qabul qilishga rasman ruxsat berildi

2019 yilning 10 yanvaridan ishga joylashishda propiska to’siq bo’la olmaydi. Bu haqda O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ma’lum qildi.

Ma'muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 223-2-moddasi bo’yicha vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi bo’yicha hisobda turmasdan yashab turgan fuqarolarni ishga qabul qilgan mansabdor shaxslarning EKOIH 15 barobari miqdorida jarimaga tortilishi o’z kuchini yo’qotdi.

Endilikda vaqtincha yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi bo’yicha hisobda turmaslik ishga qabul qilishni rad etish uchun asos bo’la olmaydi. O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 80-moddasiga shunga muvofiq o’zgartirish kiritildi.

Shunday qilib, endi ishga joylashishda propiska to’siq bo’la olmaydi