Kirish

2019 yilning yanvar oyida O’zbekistonda inflyatsiya darajasi 1,5 foizga oshdi

2019 yilning yanvar oyida mamlakat isteʼmol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxi o’rtacha 1,5 %ga oshdi. Bu haqda Davlat statistika qo’mitasi maʼlumotlarida qayd qilingan.

Oy davomida mahsulotlar narxi 1,8 % ga, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari 2,8 %, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,5 %ga oshdi. Xizmatlar narxi esa 0,5 % ga o’sdi.

Maʼlumot uchun: 2018 yil yanvar oyida mahsulotlar narxlari 3,0 %, xizmatlar 1,4 %ga qimmatlashdi. Oziq-ovqat mahsulotlari 3,5 %, nooziq-ovqat mahsulotlari esa 2,3 %ga oshdi.

Oy davomidagi narxlar o’zgarishining tuzilmasi tahliliga ko’ra, 2019 yilning yanvar oyida har bir yirik guruhning salmoq vaznlarini hisobga olgan holda, taʼsir darajasi bo’yicha ustunlik oziq-ovqat mahsulotlari guruhiga tegishlidir (taʼsiri 1,2 foiz darajasida) .

Maʼlumot uchun: 2018 yilning yanvar oyida ham umumiy narxlar o’sishiga taʼsir darajasi bo’yicha yetakchilik oziq-ovqat mahsulotlariga (1,6 f.d.), minimal darajadagi taʼsir ulushi esa xizmatlar tarifi narxlariga (0,3 f.d.) taalluqlidir.