Do'kon

Moskvada o’zbekistonliklar ishtirokidagi ommaviy mushtlashuv videosi e’lon qilindi (+video)

Moskvada o’n nafar o’zbekistonlik ishtirokida yuz berib, ikki kishining o’limiga olib kelgan ommaviy mushtlashuv videosi e’lon qilindi. Bu haqda Daryo xabar berdi.

Kuzatuv kameralaridan olingan videoda Volgograd ko’chasidagi janjal mashina yuradigan yo’l yonida sodir bo’lganini ko’rish mumkin. Mushtlashuvdan keyin olomon yerda yotgan kishi atrofida to’plangan, keyinroq politsiya va tez yordam mashinalari yetib kelgan.

Eslatib o’tamiz, mushtlashuv ishtirokchilari soni 10 kishi bo’lgan, ularning barchasi o’zbekistonliklardir. Janjalga ishtirokchilardan biri boshqasining ukasini haqoratlagani sababchi bo’lgan.