Do'kon

Toshkent yashash uchun eng yaxshi shaharlar reytingida Olmaotadan ortda qoldi

O’zbekiston poytaxti Toshkent shahri dunyoning yashash uchun eng yaxshi shaharlar reytingida 201-o’rinni egallab, Dushanbe shahrini ortda qoldirdi, deb ma'lum qildi Mercer xalqaro konsalting kompaniyasi ma’lumotlariga asoslanib Sof.uz.

Vena shahri ketma-ket o’ninchi marta reyting yetakchisiga aylandi. Reytingda Syurix 2-o’rin, Vankuver esa 3-pog’onadan joy oldi.

Mercer reytingiga ko’ra, dunyoning hayot uchun eng yaxshi shaharlar o’ntaligiga Myunxen, Oklend, Dyusseldorf, Frankfurt, Kopengagen, Jeneva va Bazel shaharlari kiritilgan.

Olmaota esa 181-pog’onadan o’rin oldi. Bishkek 211-o’rin, Dushanbe 209-o’ringa loyiq deb topilgan.

Kompaniya ma'lumotiga qaraganda, kompaniya dunyoning 231 ta shahrini taqqoslagan. Reyting tuzishda yashash, iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy sharoitlar, transport, oziq-ovqat, maishiy tovar sifatlari hamda ta'lim va tibbiyot darajalari inobatga olingan.

Dunyoning yashash uchun eng noqulay shahri sifatida Bog’dod shahri tan olindi. U reytingning eng so’nggi pog’onasi - 231-o’rindan joy oldi.