Kirish
So'nggi yangilanish: 18.08.2018

Shifokorlarning dahshatli tashxisi: “Messi o’zini qurbon qilmoqda”

  • Bo'lim: SPORT

Lionel Messi o’zining 30 yoshini qarshi oldi. Biz esa shu munosabat bilan Messi haqida siz bilgan va bilmagan 3ta faktni e'tiboringizga havola etamiz.

Messi va reklama

Odatda, reklama deganda ko’pchilik ishqibozlarning xayoliga Krishtianu Ronaldu keladi. Chunki u ko’plab reklamalarda suratga tushgan va tushmoqda ham. Shu boisdan ishqibozlar orasida “Ronaldu reklamalarda suratga tushib pul topsa, Messi futbol o’ynab daromad qiladi”, degan gap yuradi. Biroq buni qarangki, Lionel Messi reklamalarda suratga tushish bo’yicha Ronalduni ortda qoldirar ekan. Argentinalik futbolchi kiyim-kechak, parfyumeriya mahsulotlari, ichimliklar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchi ko’plab kompaniyalar bilan tuzilgan shartnomalarga ega.

Yana Aspergera sindromi

Navbatdagi yangilik esa chindan kutilmagan. Ya'ni Messida yana Aspergera sindromining xuruj qilishi. Shifokorlarning aytishicha, Messining rivojlanishi endi ortga ketishi mumkin ekan. Ular bunga Messining organizmini haddan tashqari zo’riqtirganini sabab qilib ko’rsatishmoqda. Futbolchi kasbi yo’lida salomatligini qurbon qilayotgan ekan. Biroq Messi shug’ullanishdan to’xtashni istamaydi. Ehtimol, shifokorlarning xavotiri o’rinsizdir, bu yog’ini endi vaqt ko’rsatadi.

Messining oltin oyog’i

Yaponiyadagi magazinlardan birida Lionel Messining oltindan yasalgan oyog’i bor. Bu oyoqqa qiziquvchilar bisyor, uning narxi ko’pchilikning kapalagini uchirishi tayin. Axir kim ham bitta oltin oyoq uchun 4 mln evro to’lardi? Hech kim.

Manba: penalti.uz