Kirish
So'nggi yangilanish: 19.06.2018

«Barselona»ning toza golini hisobga olmagan hakam Primerada eng yaxshi deb topildi

  • Bo'lim: SPORT

Alexandro Xose Ernandes Ispaniya chempionatining 2016/17 mavsumi eng yaxshi hakami deb topildi.

Bu haqda Primera hakamlarining texnik qo’mitasi qaror chiqargan, deb xabar bermoqda As.

O’tgan mavsumda Ernandes eng katta shov-shuvga sabab bo’lgan bahslardan birini boshqargan. 20-turdan o’rin olgan «Betis» - «Barselona» (1:1) o’yinida u kataloniyaliklarning toza golini hisobga olmagan. 78-daqiqada, hisob mezbonlar foydasiga 1:0 bo’lib turganida, Neymarning zarbasidan so’ng, to’p darvoza chizig’ini kesib o’tgan, biroq himoyachi Ayssa Mandi uni chiqarib yuborishga ulgurgandi. Bosh hakam Alexandro Xose Ernandes esa gol bo’lganini payqamay qolgandi.

Keyinchalik, kataloniyaning Sport nashri to’p darvoza chizig’ini 57 sm.ga kesib o’tganini hisoblab, golni aniqlash texnologiyasini zudlik bilan joriy etilishini talab qilgandi.

Manba: championat.com, stadion.uz