Kirish
So'nggi yangilanish: 16.06.2018

Eng yaxshi maosh oluvchi top-5 futbolchi

  • Bo'lim: SPORT

Dunyoda sport turlari orasida futbolchilarning oyligi boshqalarnikidan ko’ra ko’proq ekanligi hech kimga sir emas. Hozirgi maqolamizda biz sizga dunyodagi eng ko’p oylik to’lanadigan 5 futbolchini keltirib o’tamiz. E'tibor qiling, ularga oylik haqi boshqalarnikidan qimmatroq, lekin ular dunyodagi eng qimmat o’yinchilar emas.

5. Lionel Messi.

Adashmadingiz, aynan Messi kuchli beshlikning 5 o’rnidan joy olgan. Unga kataloniyaliklar bir yilga 25 million yevro maosh berishadi. Bu dunyo yulduzi uchun etarli emasdek, nazarimizda.

4. Oskar

Xitoyliklar safiga kelib qo’shilgan yulduz bu yerga pul uchun kelmaganini bot bot aytishga urinadi. Bunday emasligini yosh bola ham biladi albatta. Har xolda Angliya chempioni Osiyo jamoasiga almashtirish uchun bundan ortiq vaj bo’lmasa kerak. Bu futbolchiga chin yurti vakillari 25million yevroni ravo ko’rishadi. Bizning reytingda 4 o’rinda turganiga sabab, Ispaniya soliq miqdori Xitoynikidan yuqoriroq.

3. Lavessi

«Xebey Chayna Fortun» futbolchisi, argentinalik futbol yulduziga milliarddan ortiq aholiga ega bo’lgan yurt vakillari 26,5 million yevrodan voz kechishadi. «Yangi Maradona» o’ziga bildirilgan ishonchni oqlashga harakat qilmoqda.

2. Neymar

Yilning eng shov-shuvli transferi. Braziliyalik yulduz Fransiya klubiga qimmatga tushdi. Uning transferidan tashqari, yillik maoshi ham manaman degan klubni ham cho’ntagini quritib qo’yishi aniq. Unga yiliga yevro hisobida 36,8 million to’lanadi. bu Messining oyligan bir muncha ortiqligi ajablanarli. Qiziq birinchi o’rinda kim bo’lishi mumkin?

1. Tevez

"Shanxay Shenxua« jamoasi bu futbolchini dunyoning eng "katta" oylik oladigan futbolchisiga aylantirdi. Bu futbolchi yiliga 38 million yevro oladi. Xitoy klublari aqlbovar transferlar bilan nom qozongani hech kimga sir emas. Ularning nazdida aynan mana shu argentinalik shunday olqishga munosib.

Manba: penalti.uz