Kirish
So'nggi yangilanish: 24.09.2018

Zidan «Real» muxlislariga ajoyib xushxabarni yetkazdi

  • Bo'lim: SPORT

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan “Al Jazira”ga qarshi o’yin oldidan klub muxlislariga ajoyib xushxabarni yetkazdi.

Aniqrog’i, Zidan Beyl va Varanlarning jarohatidan qutulib mashg’ulotlarni boshlaganini aytib o’tdi.

“O’ylaymanki “Real” o’tgan mavsumdagi holatini yo’qotmagan. Biz mashg’ulotlarda ter to’kib mexnat qilyapmiz, hozircha yaxshi kayfiyatdamiz. Bugun ham yaxshi kayfiyatda mashg’ulot o’tkazdik.

Varan va Beyl mashg’ulotlarga qaytishdi. Ular hozircha maydonga tushishga to’liq tayyor emaslar. Lekin bugungi o’yinda maydonda ko’rinish berishlari mumkin.

Ikki futbolchi ham umumiy guruh mashg’ulotlarida to’laqonligicha qatnashishdi. Barcha futbolchilar sog’-salomat ekanliklaridan xursandman.

Kroos va Modrich maydonda muhim rol o’ynashadi, bular safiga Kovachichni ham qo’shish mumkin.

Yarim himoya chizig’imiz hozirda eng ajoyib natijalarni ko’rsatmoqda. Oxirgi o’yinlarda “Real” to’g’ri yo’lda ekanligigiga yana bir bor amin bo’ldim.

“El Klassiko”ga kelsak, hozir biz boshqa musobaqaga qatnashish uchun kelganmiz va bor diqqatimizni bugungi o’yinga qaratamiz”,-deydi Zidan.

Eslatib o’tamiz, “Al Jazira”-“Real” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.

Manba: www.sports.ru, stadion.uz