Kirish
So'nggi yangilanish: 16.10.2018

Ronaldu dunyodagi eng qimmat 40 futbolchi qatoridan joy olmadi

  • Bo'lim: SPORT

Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) dunyodagi eng qimmat futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi. Ushbu reytingda Braziliyalik futbolchi Neymar yetakchilik qildi. Bu haqda rbc.ru xabar berdi.

Reytingni tuzishda CIES futbolchining yoshi, uning roli, joriy shartnomasining amal qilish muddati, o'tgan yilgi o'yin o'ynash darajasi, milliy terma jamoada o'ynash tajribasi va boshqa mezonlarni hisobga oldi. Dastlabki uch o’rinni Lionel Messi, Neymar va Garri Keyn egalladi. Krishtianu Ronaldu dunyodagi eng qimmat 40 futbolchilar safidan joy ololmadi.

Birinchi o’ringa Neymar egalik qildi – uning qiymatini CIES 213 million yevroga baholadi. Ikkinchi pog’onani Neymardan 5 yoshga katta bo’lgan futbolchi Lionel Messi egalladi – u 202,2 million yevro turadi. 32 yoshli Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu 49-o’ringa loyiq ko’rildi, uning shartnoma muddati 2021 yilda tugaydi, CIES esa uni 80,4 million yevroga baholamoqda.

Dunyodagi eng qimmat 10ta futbolchilar orasida Angliyaning beshta vakili ham bor. Uchinchi o'rinni egallagan Garri Kane, Dele Alli (6-o'rin), Kevin de Bruyne (7-o'rin), Romel Lukaku (8-o'rin) va Pol Pogbalar (10-o'rin) birinchi o’ntalikdan joy olishgan.

Eng qimmat himoyachi va darvozabon Barselonada o’ynaydi. Mark André ter Stegen 96,4 million yevroga baholanib, 31-o'rinni egallab turibdi. CIES Samuel Umtiti’ni 101,5 million yevroga baholadi va u reytingda 25-pog’onani egalladi.

CIESga ko'ra eng qimmat futbolchilar (million yevro)

1. Neimar - 213

2. Lionel Messi - 202.2

3. Garri Kane - 194.7

4. Kilian Mbappe - 192.5

5. Paulu Dibala - 174.6

6. Dele Alli - 171.3

7. Kevin de Bryune - 167.8

8. Romelu Lukaku - 164.8

9. Antoine Grismann - 150.2

10. Pol Pogba - 147.5...

49. Krishtianu Ronaldu - 80.4