Kirish
So'nggi yangilanish: 19.10.2018

Isroil Messini ko’rish uchun 3 mln yevro to’laydi

  • Bo'lim: SPORT

9 iyun kuni Isroil terma jamoasining Argentina terma jamoasi bilan bo’lib o’tadigan o’rtoqlik uchrashuviga bog’liq tafsilotlar ma'lum bo’ldi.

Argentina terma jamoasi buning uchun isroilliklardan 3 million yevro oladilar.

Argentina tomoni ushbu uchrashuvda hujumchi Lionel Messini o’ynatish vazifasini bo’yniga oldi. Hujumchi maydonda kamida 60 daqiqa o’ynashi kerak.

Argentina terma jamoasi JCh-2018 musobaqasining D guruhida Islandiya(16 iyun), Xorvatiya (21 iyun) va Nigeriya (26 iyun) terma jamoalari bilan kurashadi.

Manba: championat.com, stadion.uz